» » USAID “Meva va sabzavotchilikda sovutgich omborxonalari: bugungi holat va O‘zbekistonda rivojlanish istiqbollari” mavzusida seminar o‘tkazdi

USAID “Meva va sabzavotchilikda sovutgich omborxonalari: bugungi holat va O‘zbekistonda rivojlanish istiqbollari” mavzusida seminar o‘tkazdi


AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) “Qishloq xo‘jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish” (AVC) loyihasi doirasida O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda “Meva va sabzavotchilikda sovutgich omborxonalari: bugungi holat va O‘zbekistonda rivojlanish istiqbollari” mavzusida amaliy seminar o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonda sovutgich omborxonalari sanoatining kelgusidagi rivojini muhokama etishdan iborat. Sohada faoliyat olib borayotgan 70 nafar tadbirkor hamda 30 dan ziyod davlat organlari, xususiy sektor va xalqaro tashkilotlar vakillari yig‘ilgan anjumanda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen nutq so‘zladi.

Sovuqxona meva va sabzavotlar sifatining buzilishini sekinlashtirib, sotilishidan oldin ular saqlanishi mumkin bo‘lgan muddatni uzaytirgan holda fermerlarga yil davomida iste’molchilar talablarini qondirish hamda ularni bozorda yaxshi narxlarda sotishga ko‘mak beradi. O‘zbekiston hukumatining 2011-yil 7-aprelda imzolangan, imtiyozli soliq tizimi, bojxona tartiblarini soddalashtirish, xalqaro moliya muassalari yordamida kredit olishni kengaytirishga qaratilgan qarori soha rivojiga turtki berdi.

USAID 2011-yildan buyon sovutgich zahiralari bo‘yicha turli amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, 300 nafardan ziyod sovutgich omborxona rahbarlari uchun yuqori daromad keltiruvchi texnologiyalarni mahalliy sharoitda foydalanishga moslashtirish, iste’molchilar uchun mahsulotlarni yuqori sifatda ishlab chiqarilishini ta’minlash maqsadida o‘zaro tashriflar hamda milliy almashuv dasturlarini tashkil etgan holda sohani qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

“Umumjahon sovutgich omborxona imkoniyatlari”ning 2016-yilgi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston sovutgich omborxonalar hajmi bo‘yicha eng yaxshi 20 mamlakat ro‘yxatiga kiritildi.

O‘zbekiston qisqa vaqt ichida yuqori natijalarga erishdi. Uning bu sohada dunyo bo‘ylab kuchli 20 ta mamlakat qatoriga kirgani quvonarlidir. Bu nafaqat ist’emolchilarga yil davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan bahramand bo‘lish, balki fermerlarga olis bozorlarda o‘z mahsulotlarini yaxshi narxlarda sotish imkoniyatini ham yaratadi. O‘zbekiston yaqin kelajakda ushbu sohada eng yaxshi 10 ta mamlakat qatoriga qo‘shiladi, deb umid qilaman.

Richard Treysi, Umumjahon sovutgich zahiralari uyushmasining xalqaro dasturlar bo‘yicha direktori 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-02-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют