» » Kiyevda yolg‘on o‘g‘rilikni o‘ylab topgan erkak qo‘lga olindi

Kiyevda yolg‘on o‘g‘rilikni o‘ylab topgan erkak qo‘lga olindi


Ukraina poytaxti Kiyev shahrida o‘g‘rilik haqida yolg‘on ma’lumot bergan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ta‘kidlanishicha, 36 yoshli kiyevlik erkak politsiyaga o‘g‘rilik haqidagi xabar bilan murojaat qilgan. Erkakning politsiyaga ma’lum qilishicha, unga ko‘chada ikki noma’lum kishi uchragan va ichida 200 ming griven bo‘lgan sumkasini qo‘lidan tortib olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, naqd pullar u ishlaydigan sug‘urta kompaniyasiga tegishli bo‘lgan.

Politsiya jinoiy ish ochgan. Biroq tergov vaqtida erkakning ko‘rsatmalarida chalkashliklar kuzatilgan. Aniqlanishicha, erkak kompaniya pullarini o‘zlashtirish maqsadida jinoyatni o‘zi o‘ylab topgan.

Yolg‘on ma’lumot berganlik uchun erkakka nisbatan ish ochilgan. U ikki yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2018, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют