» » Surxondaryoda yiliga 1,5 mln tonna sement ishlab chiqaradigan yangi zavod ishga tushirildi

Surxondaryoda yiliga 1,5 mln tonna sement ishlab chiqaradigan yangi zavod ishga tushirildi


Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yangi sement zavodi ishga tushirildi. Bu haqda “Xalq so‘zi“ xabar bermoqda.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bunyod etilgan zavodning texnologik qismini Turkiyaning Dal texnik makina tigaret ve sanayi a.s. firmasi amalga oshirdi.

Ushbu investitsion loyihani amalga oshirish uchun aynan Sherobod tumani tanlangani bejizga emas. Bu yerda ulkan xom ashyo zaxirasiga ega sement, ohaktosh va tuproq (glina) konlari mavjud. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 212,8 million dollarni tashkil etib, korxonada yiliga 1,5 millon tonna sifatli portland sement ishlab chiqariladi. Endilikda 1200 nafar mahalliy aholi doimiy ish ta’minlanadi.

Korxonada ishlab chiqariladigan yuqori sifatli sement mahsulotlari nafaqat ichki bozorda sotiladi, balki ma’lum qismi qo‘shni Afg‘onistonga eksport qilinishi ham ko‘zda tutilmoqda.

“O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati ma’lumotiga ko‘ra, hozirda mamlakatdagi ta 14 ta sement ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan 9,1 million tonna mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Joriy yil yakuniga qadar 3 million tonnadan ziyod bo‘lgan 8 ta, kelgusi yilda ishlab chiqarish quvvati 4,7 million tonna bo‘lgan yana 9 ta loyiha amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2018, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют