» » IIV ichki ishlar xodimlariga pora taklif qilayotganlarni qo‘lga olishni boshladi

IIV ichki ishlar xodimlariga pora taklif qilayotganlarni qo‘lga olishni boshladi


Ichki ishlar vazirligi tomonidan poraxo‘rlik va ta’magirlikka qarshi kurashish borasida qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

Jumladan, iyul oyida Qoraqalpog‘iston IIV xodimi K.R. rahbariyat nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, unda fuqaro R.A. qonunga xilof ekanligini bila turib, javobgarlikdan qutulish maqsadida o‘ziga nisbatan to‘plangan ma’muriy hujjatlarni ro‘yxatga olmaslik va Tiko mashinasini jarima maydonidan chiqarib berish evaziga pora taklif qilayotganligini ma’lum qildi. O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro R.A. xodimga 195 000 so‘mni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Fuqaro B.A. ham unga nisbatan to‘plangan ma’muriy hujjatlar yuzasidan o‘ziga qonunga xilof ravishda yengillik yaratish va Spark rusumli mashinasini jarima maydonidan chiqartirib berish evaziga Qoraqalpog‘iston IIV xodimi D.L.ga 500 000 so‘mni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Shuningdek, Xorazm viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimi R.N. o‘zining ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi N.T. unga jinoiy javobgarlikdan qutulib qolish evaziga pora taklif etayotganligini ma’lum qilib yozgan bildirgisi asosida 2018-yilning avgust oyida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro N.T. xodimga 400 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan prokuratura organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi kelgusida ham fuqarolar tomonidan xodimlarga qonunga xilof ekanligini bila turib, pora taklif qilingan har bir holatga nisbatan qonunda belgilangan tartibda murosasiz kurash olib boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2018, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют