» » Google’ga ish so‘rab xat yozgan 7 yoshli qizcha kompaniya bosh direktoridan javob xati oldi

Google’ga ish so‘rab xat yozgan 7 yoshli qizcha kompaniya bosh direktoridan javob xati oldi


Buyuk Britaniyaning Hereford shahrida yashovchi yetti yoshli maktab o‘quvchisi Xloya Bridjuoter o‘z karyerasini Google’da yaratishga qaror qildi. U otasi bilan kompaniyaning bosh direktoriga uni ishga olishni so‘rab xat yozdi. Bu haqda Business Insider nashriga tayanib, TJournal xabar berdi.

Bir necha kundan so‘ng Google bosh direktori qizchaga “arizasi” uchun minnatdorchilik bildirib, javob yozdi va unga maktabni tugatganidan so‘ng o‘z rezyumesini jo‘natishni taklif qildi.

Qizchaning otasi Endi Bridjuoterning so‘zlariga ko‘ra, u qizi bilan o‘zi ishlashni xohlagan “ideal joy” haqidagi suhbatlashgan. Hammasi shundan keyin boshlangan. Endi Bridjuoter qiziga Google haqida gapirib bergan va Google offisining qopli kursilar, karting yo‘laklari tasvirlangan bir nechta suratini ko‘rsatgan.

Shundan so‘ng, Xloyada kompaniyada ishlash istagi tug‘ilgan va u otasining yordami bilan Google rahbariga uni ishga olishni so‘rab ariza yozgan. Shuningdek,  qizcha xatda shokolad fabrikasida ishlash va Olimpiada o‘yinlarining suzish musobaqasida qatnashish istagi borligini ham aytgan.

12-fevralda Endi Bridjuoter o‘zining Linkedin sahifasida Google bosh direktori Sundar Pichaidan javob xati olganligi haqida xabar berdi. Kompaniya rahbari Xloyaga maktubi uchun minnatdorchilik bildirib, u, albatta maqsadariga erishishiga ishonch bildirgan. Keyinroq Google xatning haqiqiyligini tasdiqladi.

Endi Bridjuoterning so‘zlariga ko‘ra, qizi kompaniya rahbarining javobidan juda xursand bo‘ldi. Xat qizini katta bo‘lib, Google’da ishlash uchun chin dildan o‘qishga ruhlantirdi. Shuningdek, maktub qizchaga bir necha yil avval yuz bergan avtohalokatdan so‘ng o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytarishga yordam berishi mumkin.

Google bosh direktoridek band insonning yetti yoshli qizaloqning maktubiga javob berish uchun vaqt topishi va uni “o‘z orzulariga yaqinlashtirishi” qizchaning otasini hayratga soldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (18-02-2017, 10:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют