» » Osiyo o‘yinlari—2018. Akademik eshkak eshuvchilardan navbatdagi kumush medal! (foto)

Osiyo o‘yinlari—2018. Akademik eshkak eshuvchilardan navbatdagi kumush medal! (foto)


Bugun, 23-avgust sanasida Indoneziyaning Palembang shahrida ham Osiyo o‘yinlari musobaqalari davom etmoqda.

Jumladan, akademik eshkak eshish sporti bo‘yicha O‘zbekiston termasi a’zolari ham bahslarda ishtirok etyapti. Biroz avval ?2000 metr masofaga juftlik bahslarida marraga Shahboz Xolmurzayev va Shahboz Abdujabborov birinchi bo‘lib yetib kelib, oltin medalga ega chiqqani haqida xabar berilgandi. Endi esa navbatdagi medalga ega chiqildi.

Sardor To‘lqinxo‘jayev va Alisher Turdiyev juftligi finalda marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va Osiyo o‘yinlari—2018 ning kumush medallarini qo‘lga kiritdi.

Delegatsiya medallari soni hozircha 16 taga(4 ta oltin, 6 ta kumush, 6 ta bronza) yetdi. Umumiy reytingda esa O‘zbekiston 7-o‘rinda!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2018, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют