» » Rossiyada kinna chiqaraman deb, keksa ayollarning katta pulini olib qo‘ygan o‘zbekistonlik firibgar ayol qo‘lga olindi

Rossiyada kinna chiqaraman deb, keksa ayollarning katta pulini olib qo‘ygan o‘zbekistonlik firibgar ayol qo‘lga olindi


Rossiyaning Samara shahrida 56 yoshli O‘zbekiston fuqarosi sud qilinadi, u yirik hajmda zarar yetkazgan holda firibgarliklar uyushtirganlikda ayblanmoqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Tergov versiyasiga ko‘ra, o‘zini tabib deb ko‘rsatgan ayol uch pensioner ayoldan “kinna chiqarish” uchun 1,4 million rubl olgan. Firibgarning sherigi bo‘lgan, ular birgalikda keksa ayollarning oldida “spektakl” uyushtirib, ularning qimmatbaho buyumlarini aldab olib qo‘ygan.

O‘z sog‘liqlari haqida qayg‘urib, pensioner ayollar kinnadan qutulish uchun hamma narsaga tayyor bo‘lgan. “Tabib”ning talabi bilan unga sochiq, tuz, non, shuningdek, tilla va pul keltirib bergan. Shundan keyin firibgar yo‘qolib qolgan. Shu tariqa u uch pensioner ayolni aldab, birining 91 ming rublini, ikkinchisining 1 million rubl, uchinchisining 300 ming rubl pulini olib ketgan.

Soxta tabib tez orada qo‘lga olindi. U o‘z aybini rad etib o‘tirmadi. Ayol sentabrda sud qilinishi kerak. Uning sherigining taqdiri hozircha noma’lum.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2018, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют