» » Meksikaliklar Trampning rejalari tufayli AQSh bilan chegarada “jonli devor” hosil qildi

Meksikaliklar Trampning rejalari tufayli AQSh bilan chegarada “jonli devor” hosil qildi


Prezident Donald Trampning chegarada devor qurish haqidagi rejalariga qarshi norozilik belgisi sifatida minglab meksikaliklar AQSh bilan chegarada “jonli devor”ni hosil qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Aksiyada taniqli siyosatchilar, xususan, Demokratik inqilob partiyasi asoschisi va mamlakat prezidentligiga uch karra nomzod Kuautemok Kardenas ishtirok edi. Shuningdek, aksiyaga chegaraga yondosh Chiuaua shtati gubernatori Xavyer Korral, Syudad-Xuares meri Armonado Kabada va Amerikaning El-Paso shahri meri Oskar Lizer qo‘shildi.

Aksiya ishtirokchilarining qo‘llarida atirgullar bor edi, namoyishchilar qo‘shni mamlakat aholisi bilan salomlashish belgisi sifatida ularni silkitdi. “Biz devorga qarshi do‘stlik bilan kurashamiz… bu biz birga ekanligimizni, ikki davlat uyushmasi bo‘lib qolish istagimizni ko‘rsatadi”, — dedi Chiuaua gubernatori Korral.

Nashr eslatishicha, Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimiga kirishganidan so‘ng Meksika bilan chegarada devor qurishni boshlash haqida farmoyish berdi. Tramp uning qurilishi uchun Mexiko pul to‘lashini talab qilmoqda, ammo Meksika prezidenti buni bajarishdan qat’iyan bosh tortdi.

Опубликовано: admin (18-02-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют