» » Obama AQShning barcha prezidentlari reytingida 12-o‘rinni egalladi

Obama AQShning barcha prezidentlari reytingida 12-o‘rinni egalladi


Amerikalik tarixchilar AQSh prezidentlari reytingida Barak Obamani 12-o‘ringa joylashtirdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Reytingni tuzadigan C-SPAN telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Obama o‘zini eng yaxshi namoyon qila olgan soha — iqtisodiy boshqaruv bo‘lib, ushbu yo‘nalish bo‘yicha u sakkizinchi o‘rinni band etdi. Oq uy sobiq rahbari eng yomon ko‘rsatkichlarni kongress bilan munosabat (39-o‘rin) va xalqaro aloqalar (24-o‘rin) sohalarida ko‘rsatgan.

Yuqori uchlikka Avraam Linkoln, Jorj Vashington va Franklin Ruzvelt kirdi. Ro‘yxatning eng pastki pog‘onalarini Jeyms Byukenen, Endryu Jonson va Franklin Pirs egalladi.

Reytingni tuzishda Amerikaning yetakchi universitetlaridan 91 nafar tarixchi va boshqa mutaxassislar qatnashdi. Ular prezidentlarni jamoatchilikni ishontira olish qobiliyati, inqiroz davrida boshqarish, iqtisodiy boshqaruv, xulq bo‘yicha obro‘si kabi o‘nta ko‘rsatkich bo‘yicha baholadi.

Опубликовано: admin (18-02-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют