» » 2019-yil oxiriga qadar Samar­qandda yana 45 ta mehmonxona quriladi

2019-yil oxiriga qadar Samar­qandda yana 45 ta mehmonxona quriladi


Joriy yilda Prezident tomonidan turizmni rivojlantirishga doir o‘nga yaqin huquqiy hujjatlar qabul qilinib, sayyohlar oqimini oshirishga doir aniq ishlar amalga oshirilgach, turistlar soni salkam ikki baravar ko‘paydi. Shu bilan bir qatorda mavjud mehmonxonalar sig‘imi talabga javob bermay qoldi. Birgina shu yilning 6 oyi davomida Samarqandga 115 ming nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu haqda “Zarnews.uz” xabar berdi.

Ayni vaqtda viloyatda ishlab turgan 100 dan ziyod mehmonxonalar esa bir vaqtning o‘zida 4 ming mehmonni qabul qilishi mumkin. Sayyohlar asosan, yoz mavsumida kelishini inobatga olsak, mehmonxonalarning keskin yetishmovchiligi yuzaga keldi.

2019-yil oxiriga qadar Samar­qand shahrida yana 45 ta mehmonxona quriladi. Bundan tashqari, birgina Imom Buxoriy majmuasida 30 ga yaqin mehmonxona qurilishi ko‘zda tutilgan. Ammo sayyohlar sonining oshishi davom etmoqda. Ana shunday vaziyatda mehmonxonalarga bo‘lgan talabni qondirish, sayyohlarga o‘ziga xos xizmatlar taklif etish maqsadida oilaviy mehmonxonalar maydonga chiqmoqda. Bu birinchidan, joy masalasiga yechim topsa, ikkinchidan, sayyohlar uchun mahalliy aholi urf-odatlari bilan tanishish, kundalik yashash tarzini bevosita kuzatish imkonini beradi. Chunki oilaviy mehmon uylarining asosiy xususiyatlaridan biri – uy egasining oila a‘zolari bilan birga yashash tamo­yili bo‘yicha bir vaqtning o‘zida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi xususiy uy-joydir.

Viloyat hokimining 16 avgustda qabul qilingan qarorida oilaviy mehmonxonalarni sertifikatlashni soddalashtirish ko‘zda tutilgan. Ya‘ni, mehmon uyi tashkil etish uchun yaroqli turarjoy binosiga ega tadbirkor oilaviy mehmon uylarini ro‘yxatga olish va uning yagona reyest­riga kirish uchun ariza berishi kerak. Mazkur reyestr Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan yuritiladi. Arizaga xususiy tadbirkor yoki oilaviy tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgani to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi hamda bino va inshootga bo‘lgan huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tgani to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi ilova qilinadi. Qo‘mitaning viloyat organiga ariza yozganingizdan so‘ng uch ish kuni davomida ko‘rib chiqadi hamda natijalar yuzasidan dalolatnomani rasmiylashtiradi. Ana shu dalolatnoma asosida uylar yagona reyestrga kiritiladi va ish boshlashingiz mumkin bo‘ladi. Bu xizmatlar uchun to‘lov undirilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7-avgust kuni Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 16-avgustda ana shu hujjat ijrosi bo‘yicha viloyat hokimining ham qarori chiqdi va oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2018, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют