» » Termizda yangilangan Matbuot uyi foydalanishga topshirildi

Termizda yangilangan Matbuot uyi foydalanishga topshirildi


Termizda Matbuot uyining tubdan rekonstruksiya qilingan binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mazkur matbuot uyi 29 yil muqaddam foydalanishga topshirilgan bo‘lib, o‘tgan vaq mobaynida OAV xodimlari yetarli qulayliklarga ega bo‘lmagan, qishda sovuq, yozda issiq binoda faoliyat yuritib keldi. To‘rt qavatli inshoot ta’mirlanmagani sababli binoning tashqi va ichki ko‘rinishlari nochor ahvolga tushib qoldi.

Tubdan ta’mirlangan binoda barcha sharoit yaratildi. Binoga kirishda o‘zi ochilib, yopiladigan oynavand sensorli eshik o‘rnatildi.

Binoni Termiz shahridagi “Santexgazmontaj” xususiy korxonasi ta’mirladi. Buning uchun 7 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Isitish tizimi ishga tushirildi. Xonalar yangi mebellar, qishda isitib, yozda sovitadigan zamonaviy konditsionerlar bilan jihozlandi.

Birinchi qavatda matbuot anjumanlari o‘tkaziladigan keng, yorug‘ zal, kutubxona, kitob do‘koni, ikkinchi qavatda majlislar zali, yosh ijodkorlar to‘garagi qurildi. Har bir qavat yuksak did bilan bezatildi. Inshootning tashqi qismi ham tamomila yangi, zamonaviy qiyofada bo‘y ko‘rsatdi.

Viloyat matbuot va axborot boshqarmasi, Yozuvchilar va Jurnalistlar ijodiy uyushmalari viloyat bo‘limlari, Termiz shahrida chop etiladigan gazetalar joylashgan binoning birinchi qavati Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi viloyat boshqarmasiga berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2018, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют