» » O‘zbekistonda istirohat bog‘larida o‘qish zallari va kutubxonalar bo‘lishi shart etib belgilandi

O‘zbekistonda istirohat bog‘larida o‘qish zallari va kutubxonalar bo‘lishi shart etib belgilandi


Istirohat bog‘lari va yashil zonalarni tashkil etish metodologiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Tasdiqlangan nizomga muvofiq istirohat bog‘lari aholi punktlarining bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalari asosida tashkil etiladi.

Istirohat bog‘lariga quyidagi talablar qo‘yiladi:

Yuqori texnologik, zamonaviy asbob uskunalar, texnologiyalar va attraksionlar bilan jihozlanganlik;

Zamonaviy landshaft dizaynining ko‘llanilganligi;

Favvoralarni qurish;

Velosiped yo‘lakchalari, bolalar attraksionlari va oilaviy dam olish obyektlarini obodonlashtirish;

Madaniy-dam olish xizmatlaridan foydalanish tizimining mavjudligi.

Istirohat bog‘lari hududlarida oilaviy dam olish obyektlari, yozgi teatrlar, lektoriylar, o‘qish zallari va kutubxonalar, attraksionlar, raqs zallari, tirlar va boshqalar faoliyat yuritishi lozim.

Shahar o‘rmonlari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, shahar bog‘lari, piyoda yurish uchun mo‘ljallangan xiyobonlar yashil zonalar tarkibiga kiradi.

Istirohat bog‘ini tashkil etishda ishtirok etishni istagan xususiy sherik o‘zi haqidagi ma’lumotlar, loyihani amalga oshirish maqsadlari, taxmin qilinayotgan obyekt yoki yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilova qilingan arizani davlat sherigiga taqdim etadi.

Ariza 10 kun mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Davlat sherigi hudud aholisi ehtiyojlaridan, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan takliflarni o‘rganish natijalari asosida tanlov e’lon qiladi. Tanlov boshlanishidan avval 30 kalendar kuni mobaynida tanlov savdolarini o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinadi.

Tanlov komissiyasi tomonidan ijobiy tavsiflangan xususiy sherik 10 ish kuni mobaynida ijara shartnomasi yoki konsessiya bitimi tuzadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2018, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют