» » Mark Klattenburg Saudiyada 500 ming funt ishlab topadi. Xitoy unga ikki marta ko‘p pul taklif qilgandi

Mark Klattenburg Saudiyada 500 ming funt ishlab topadi. Xitoy unga ikki marta ko‘p pul taklif qilgandi


2016-yilning eng yaxshi futbol hakami sifatida tan olingan angliyalik referi Mark Klattenburg Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi bilan hamkorlik qilishi aytilgandi. Unga ko‘ra Klattenburg mamlakat futbol hakamlari qo‘mitasiga rahbarlik qilishi kerak edi.

“Sports.ru” nashrining aniqlik kiritishicha, Klattenburg yangi ish joyida yiliga 500 ming funt maosh oladi. Bunda soliqlar inobatga olinmagan bo‘lib, hakamning qo‘liga tegadigan summa aynan shunchani tashkil qiladi.

41 yoshli mutaxassisning shartnomasi qanchaga mo‘ljallangani haqida ma’lumot yo‘q. Avvalroq bu lavozimda angliyalik boshqa bir referi Hovard Ueb ishlab ko‘rgandi.

Ma’lumot uchun, Xitoy futbol federatsiyasi ham Mark Klattenburgning xizmati bilan qiziqib, unga Saudiya Arabistonidagidan ikki marta ko‘proq pul taklif qilgandi. Bu taklif Mark Klattenburgga nima sababdan yoqmagani borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Mark Klattenburg 2016-yilda ikkita yirik musobaqaning final o‘yinlarida ishladi. U avvaliga Yevropa Chempionlar ligasida, keyinroq Yevro—2016 da hal qiluvchi uchrashuvlarni boshqarib borgandi.

Опубликовано: admin (18-02-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют