» » Foto: Toshkentda 16,5 mln so‘m evaziga “tonirovka” qilingan ilk avtomobil

Foto: Toshkentda 16,5 mln so‘m evaziga “tonirovka” qilingan ilk avtomobil


Ijtimoiy tarmoqlarda avtotransport vositasi oynalarini qoraytirish uchun berilgan ruxsatnoma bilan birgalikda “tonirovka” qilingan ilk avtomobil surati tarqaldi, deb yozadi UZ24.

Ushbu avtomobil Malibu rusumida va avtoraqam belgisi Toshkent shahriga tegishli.

Avvalroq aynan ushbu avtomobilni qoraytirish uchun berilgan ruxsatnoma surati tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hukumat qarori bilan 1-avgustdan tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan pulli asosda foydalanishga ruxsat berildi. Hujjatga ko‘ra, qoraytirishga ruxsatnoma berganlik uchun to‘lovlar jismoniy shaxslarga eng kam ish haqining 90 baravari (16 587 000 so‘m); yuridik shaxslarga eng kam ish haqining 120 baravari (22 116 000 so‘m); xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga eng kam ish haqining 140 baravari (25 802 000 so‘m) etib belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2018, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют