» » Toshkent-Aero tomonidan tadbirkorlarga 4,8 trln som miqdorda imtiyozlar berildi

Toshkent-Aero tomonidan tadbirkorlarga 4,8 trln som miqdorda imtiyozlar berildi


Ozbekiston Davlat bojxona qomitasining Toshkent-Aero ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi (IBK) va Toshkent aviatsiya transport prokuraturasi tomonidan havo yollari orqali tovarlarni olib otayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun ochiq muloqot tashkil qilindi. Bu haqda qomita matbuot xizmati malum qildi.

Malum bolishicha, 2016-yilda amaldagi qonunchilikka muvofiq Toshkent-Aero IBK tomonidan tadbirkorlarga bojxona tolovlari boyicha 4,8 trillion somdan ortiq miqdorda imtiyozlar berilgan.

2017-yilning 1-yanvaridan boshlab, tovarlarni eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirishda tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini belgilangan joylardan boshqa joylarda amalga oshirganlik uchun bir nafar bojxona xodimining bir soatlik ish vaqti uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida undiriladigan bojxona yigimi ikki baravarga kamaytirildi.

Masalan, otgan 2016-yilda Toshkent-Aero IBK xodimlari tomonidan tovarlarning belgilangan joydan boshqa joyda otkazilgan bojxona rasmiylashtiruvi uchun tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilaridan 75,3 million som miqdorida yigimlar undirilgan. Demak, ushbu yildan boshlab, bu kabi xarajatlar teng yarmiga qisqarib, tejalgan mablag tadbirkorning oz ixtiyorida qoladi, deyiladi qomita axborotida.

2017-yilning 1-yanvaridan boshlab, tadbirkorlik subyektlari tomonidan tovarlarning eksporti boyicha tuzilgan eksport shartnomalarini ham bojxona organlarida hisobga qoyish tartibi bekor qilindi. Tadbirkorlar endilikda shartnoma va boshqa tegishli hujjatlarni bojxona postiga qogoz korinishida olib kelishiga hojat qolmadi.

Toshkent-Aero IBK tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkorlik bilan korib chiqish uchun fuqarolar qabulxonalari tashkil etilgan. 2017-yil boshidan buyon kompleksda 14 nafar jismoniy hamda yuridik shaxs vakillari qabul qilingan.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (18-02-2017, 14:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -