» » Shavkat Mirziyoyev Turkmanboshi shahrida Gurbanguli Berdimuhamedov bilan muloqotda bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Turkmanboshi shahrida Gurbanguli Berdimuhamedov bilan muloqotda bo‘ldi


Shavkat Mirziyoyev 24-avgust kuni Turkmanboshi shahrida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Gurbanguli Berdimuhamedov davlat rahbarini Turkmanistonga tashrifi bilan qutlab, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining ta’sischi mamlakatlari sammiti ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama hamkorlikni muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga raisligini yuqori baholab, O‘zbekiston bilan Turkmanistonning bu boradagi loyihalari va tashabbuslari bir-birini to‘ldirishini qayd etdi.

Uchrashuvda mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Turkmaniston prezidentining joriy yil aprel oyidagi O‘zbekistonga davlat tashrifi ko‘p qirrali aloqalarga yangi sur’at baxsh etib, uni amaliy mazmun bilan boyitgani ta’kidlandi.

Muloqotda avval erishilgan kelishuvlar ijrosiga e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, sanoat, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2018, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют