» » Donald Trampning advokati: Trampga impichment e’lon qilinsa, AQShda qo‘zg‘olon boshlanadi

Donald Trampning advokati: Trampga impichment e’lon qilinsa, AQShda qo‘zg‘olon boshlanadi


AQSh prezidenti Donald Trampga nisbatan impichment e’lon qilishga urinish Amerika xalqining qo‘zg‘oloni bilan tugaydi. Bu haqda davlat rahbarining advokati Rudolf Juliani aytib o‘tdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Trampga nisbatan impichment uchun hech qanday huquqiy asoslar yo‘q. “Unga faqat siyosiy sabablar bilan impichment e’lon qilish mumkin, Amerika xalqi esa bunga qarshi isyon ko‘taradi”, — dedi Juliani.

Avvalroq Donald Trampning sobiq advokati Maykl Koen sudda uning ko‘rsatmalari bo‘yicha jinoyat sodir etganligini aytgan edi.

Juliani esa Koenning gaplari aslida AQSh prezidentini to‘la oqlaganini, shu sababli Trampga nisbatan impichment e’lon qilinmasligi muqarrarligini aytdi.

“Bu Koen Rossiya bilan tik biriktirish va to‘siqlar yaratish haqida hech narsa bilmaydi. U shunchaki g‘irt yolg‘onchi”, — dedi Juliani.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2018, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют