» » Jon Lennonning qotili bergan muddatidan oldin ozodlikka chiqish haqidagi arznoma rad etildi

Jon Lennonning qotili bergan muddatidan oldin ozodlikka chiqish haqidagi arznoma rad etildi


Muddatidan oldin shartli ravishda ozod etish bo‘yicha komissiya Buyuk Britaniyaning “Bitlz” guruhi sobiq a’zosi Jon Lennonning qotili Mark Devid Chempenning arznomasini qondirishni yana bir bor rad etdi, deb yozadi “Zakon.kz”.

Komissiya a’zolari bu jamoatchilik xavfsizligiga muvofiq kelmasligi tufayli, jinoyatchini ozodlikka chiqarib bo‘lmaydi, degan qarorga kelgan.

Endi 63 yoshli Chepmen 2020-yildagina ozod etilishga yana bir bor urinib ko‘rishi mumkin. Ungacha esa Nyu-York shtatidagi “Vende” qattiq rejimli qamoqxonasida qoladi.

Jon Lennonning bevasi Yoko Ononing advokati aytishicha, u komissiyaga xat yuborib, Chepmenni chiqarmaslikni so‘ragan.

Mark Devid Chepmen Jon Lennonni 1980-yil 8-dekabrda uning uyi yaqinida otib tashlagan. 25 daqiqadan keyin shifokorlar uning qon yo‘qotish oqibatidagi o‘limini qayd etgan. Chepmen voqea joyidan qochishga urinmagan. Sud uni aqli raso deb topib, 20 yildan keyin muddatidan oldin shartli ozod etilish haqida arznoma berish huquqi bilan umrbod qamoqqa hukm qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2018, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют