» » Jizzax viloyat teleradiokompaniyasida yong‘in o‘chirish amaliy taktik mashqi o‘tkazildi

Jizzax viloyat teleradiokompaniyasida yong‘in o‘chirish amaliy taktik mashqi o‘tkazildi


Jizzax viloyati hokimligi, viloyat IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi hamda boshqa tezkor xizmatlar bilan hamkorlikda Jizzax viloyat teleradiokompaniyasida yong‘in o‘chirish amaliy taktik mashqi o?tkazildi. Bu haqda Jizzax viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘quv mashqiga maskan ma’muriyati tomonidan maskanda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda maskan rahbariyati va navbatchi mas’ul xodimlari tomonidan tezkor tadbirlarni amalga oshirishdagi amaliy harakatlarini rivojlantirish, yong‘in o‘chirish garnizonining jangovar tayyorgarligi, ularning yong‘in o‘chirish imkoniyatini oshirish, yong‘in o‘chirish rahbarlarining va navbatchi smena shaxsiy tarkibini o‘ta muhim va toifalangan maskanlarda har qanday vaziyatlarda o‘z oldiga qo‘yilgan jangovar vazifalarni bajarish qobiliyatini kuchaytirish hamda maxsus xizmatlar bilan hamkorlikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish kabi maqsadlar qo‘yildi.

O‘quv mashqiga teleradiokompaniyaning ko‘ngilli yong‘in o‘chirish drujinasi xodimlari, Jizzax shahar YOXB 1-son XYOXQdan 2 ta, 2-son XYOXQdan 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari shaxsiy tarkibi, viloyat IIB YOXB xodimlari, viloyat FVB, tuman IIB tezkor tergov guruhi, qo‘riqlash bo‘limi, tuman gaz va elektr tarmoqlari, tibbiy xizmat xodimlari jalb etildi.

Dastlab maskan majlislar zalida o‘quv mashqining ochilishi va mashq dasturi qatnashchilarga tushuntirildi. Soha xodimlari tomonidan mashq dasturida belgilangan tadbirlar o‘qib eshittirildi.

Mashq yakuni bo‘yicha viloyat IIB YOXB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Adham Tangriyev so‘zga chiqib, barcha qatnashuvchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, o‘quv mashqi maskan xodimlari uchun katta amaliy dars bo‘lganligini aytib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2018, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют