» » Qoraqalpog‘iston bojxonachilari 38 mln so‘mlik noqonuniy tovar moddiy boyliklarni ushlab qoldi (foto)

Qoraqalpog‘iston bojxonachilari 38 mln so‘mlik noqonuniy tovar moddiy boyliklarni ushlab qoldi (foto)


Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda yo‘lovchi poyezdlarda ko‘p miqdorda tovar moddiy boyliklarini respublika hududiga olib kirilishini oldini olish borasida tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

648-sonli Beyneo‘—Nukus yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida fuqaro J.Suyunxanov hech qanday hujjatlari bo‘lmagan qiymati 10 million 924 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarini respublika hududiga mazkur poyezd vagonlarida yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqarolarga tarqatish orqali yashirin ravishda olib kirmoqchi bo‘lganligi aniqlandi.

Shuningdek, To‘rtko‘l tumani hududida chet davlatdan noqonuniy ravishda olib kelingan tovar moddiy boyliklarni xonadonlarda yashirin ravishda YAMA tashkil qilgan holda saqlanishini aniqlash borasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro B.Urunovning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 27 million 521 ming so‘mlik tish davolashda foydalaniladigan tibbiyot vositalarini noqonuniy ravishda saqlab qo‘yganligi aniqlandi.

Huquqbuzarlarga nisbatan sud tomonidan tegishli jazo choralari qo‘llanilib, oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiyot vositalari davlat foydasiga o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2018, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют