» » GM Uzbekistan avtomobillarining ayrim modellari narxini o‘rtacha 7,7 foizga oshirdi

GM Uzbekistan avtomobillarining ayrim modellari narxini o‘rtacha 7,7 foizga oshirdi


GM Uzbekistan avtomobillari sotuvi tiklanishi va ayrim modellarning narxi oshirilishi haqida rasman e’lon qildi.

“Hukumat yordamida, vazirlik va tashkilot vakillari, ekspertlar, jumladan, xorijlik mutaxassislar ishtirokida, aholi fikri va e’tirozlaridan kelib chiqib narx shakllanishi hamda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar qiymati asoslangani o‘rganib chiqildi. O‘tkazilgan tahlillar natijasida avtomobillarning ayrim modellari narxini o‘rtacha 7,7 foizga oshirish zarurligi to‘g‘risidagi og‘ir va jamoatchilik o‘rtasida xushlanmaydigan qaror qabul qilindi”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Shu bilan birga, aholi o‘rtasida ommalashgan va xarid uchun qulay bo‘lgan Spark, Nexia va Cobalt modellari narxlari o‘zgarishsiz qolganini bildirilmoqda.

Kompaniya mavjud narxlar va aksiz solig‘i stavkalari saqlanib qolganida 2018-yilni katta zarar bilan yakunlagan bo‘lishini ta’kidladi.

GM Uzbekistan 1-avgustga qadar tuzilgan va jismoniy shaxslar tomonidan kamida 85, yuridik shaxslar tomonidan esa 100 foiz oldindan to‘lov qilingan shartnomalar bo‘yicha avtomobillarning yetkazib berilishi hujjatlarda ko‘rsatilgan narx va muddatlarda amalga oshirilishini ma’lum qildi.

Yangi narxlar bilan quyida tanishishingiz mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2018, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют