» » Osiyo o‘yinlari—2018. O‘zbekistonlik bokschilar ishtiroki boshlandi, ilk jangda mag‘lubiyat

Osiyo o‘yinlari—2018. O‘zbekistonlik bokschilar ishtiroki boshlandi, ilk jangda mag‘lubiyat


Bugun, 24-avgust sanasida O‘zbekiston boks terma jamoasi a’zolari ham Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlari—2018 dagi ishtirokini boshladi.

Birinchi bo‘lib, ayollar jamoasi a'zosi, -57 kg vazn toifasidagi Yodgoroy Mirzayeva ringga chiqdi. U Xitoy Taypeyi vakilasi Xsioven Xuangga qarshi jangda ochkolar hisobiga mag‘lub bo‘ldi.

Shuningdek, bugunning o‘zida -69 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Bobousmon Baturov mo‘g‘ulistonlik Byanba Erdenega qarshi jang qiladi. Jang Toshkent vaqti bilan 14:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, reytingi balandligi sabab Hasanboy Do‘stmatov, Iqboljon Xoldorov kabi bokschilar musobaqadagi ishtirokini to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finaldan boshlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2018, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют