» » Qoraqalpog‘istonda 1734 fuqaro 17 ta tibbiy tekshiruvdan o‘tdi

Qoraqalpog‘istonda 1734 fuqaro 17 ta tibbiy tekshiruvdan o‘tdi


20—22-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tajribali tibbiyot mutaxassislari tomonidan Qo‘ng‘irot tumanining eng chekka hududlari hisoblangan “Qoraqalpog‘iston” posyolkasi aholisiga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Bu haqda “Daryo”ga Respublika Vazirlar Kengashi axborot xizmati xabar berdi.

Respublika sog‘liqni saqlash vazirligi bosh mutaxassisi G. Absametova boshchiligidagi guruhda davolash-profilaktika muassasalarining yuqori malakali 14 ta tor soha mutaxassislari, jumladan, terapevt, kardiolog, pediatr, lor, xirurg, endokrinolog, akusher-ginekolog, okulist, nevropatolog hamda stomatolog ishtirok etdi.

Tajribali shifokorlar tomonidan UTT, EKG va laboratoriya tekshiruvlari bilan jami 1734 kishi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi hamda ushbu ko‘rik jarayonida 48 nafar birlamchi kasalliklar aniqlandi.

Kasalligi aniqlangan bemorlarga statsionar va ambulator davolanishga tavsiyalar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2018, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют