» » “Toshkent—O‘sh” va “Bektemir—Chorbog‘” avtomobil yo‘llarida fotoradarlar o‘z vaqtida jarima to‘lamagan haydovchilarni tutib bermoqda

“Toshkent—O‘sh” va “Bektemir—Chorbog‘” avtomobil yo‘llarida fotoradarlar o‘z vaqtida jarima to‘lamagan haydovchilarni tutib bermoqda


“Olmaota—Bishkek—Toshkent—Termiz” avtomobil yo‘lining 806—871-kilometri oralig‘ida, “Toshkent—O‘sh” va “Bektemir—Chorbog‘” avtomobil yo‘llarida yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan fotoradarlar ishlab turibdi, deyiladi O‘zbekiston IIV xabarida.

Toshkent viloyati IIB YHXB xabariga ko‘ra, bu fotoradarlar orqali 2018-yilning 16-fevralidan 23-avgustiga qadar 77 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi. Qoidabuzar haydovchilarning 45 mingdan ziyodi jarimani o‘z vaqtida to‘lagan. Lekin jarimani o‘z vaqtida to‘lamay, belgilangan tartibni buzayotgan haydovchilar ham yo‘q emas.

O‘z navbatida, haydovchilarni jarimalarni to‘lash tartibi, to‘lovning qulay usullari, javobgarlik bilan bog‘liq savollar qiziqtirishi tabiiy. Bu haqda Toshkent viloyati IIB YHXB Matbuot guruhi inspektori Rustambek Asqarov quyidagilarni ma’lum qildi.

– Har bir haydovchi fotoradarlar nazoratidagi yo‘llarda qoidabuzarlik sodir etgan yoki etmaganligi haqida bilish uchun “8860” qisqa raqamiga transport vositasining davlat raqamini, transport vositasini qayd etish guvohnomasining seriya va raqamini SMS orqali yuborishi mumkin. Tezda SMS orqali bu haqda ma’lumot keladi, – deydi R.Asqarov. – Qoidabuzarlik bo‘yicha belgilangan jarimalarni plastik karta orqali Click, PayMe dasturlari yordamida ham to‘lash mumkin. Toshkent viloyati YHXB tomonidan o‘z vaqtida jarimani to‘lamagan haydovchilarga nisbatan chora ko‘rilmoqda. Bunda AUTO CON uskunasi yordamida 60 kun muddat ichida jarimani to‘lamagan haydovchilar aniqlanib, avtomashinasi jarima maydonchasiga qo‘yilmoqda. Hozirgi kunga qadar 1200 dan ortiq transport vositasi viloyat hududidagi jarima maydonchalariga qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasi (“Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibi”) talablari asosida 60 kun muddat ichida jarimalarni to‘lamaslik, jarima to‘lagunga qadar transport vositasini jarima maydoniga qo‘yishga asos bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2018, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют