» » Taxiatoshda qishloq aholisiga mulk huquqi bo‘yicha sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi

Taxiatoshda qishloq aholisiga mulk huquqi bo‘yicha sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Boshqarmasi tomonidan 2018-yil 23-aprelda tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, Taxiatosh tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan tumandagi Naymankul va Kenegas ovul fuqarolar yig‘ini hududida huquqiy targ‘ibot ishlari va aniqlangan davlat xizmatlariga bog‘liq bo‘lgan muammolarni sayyor davlat xizmati orqali hal etish tadbirlarini amalga oshirmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mazkur hududlarga biriktirilgan sektor ishchi guruhidan olingan ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, qishloq ahli tomonidan murojaatlarning deyarli barchasi xonadoniga mulk huquqini belgilash va turar-joyiga kadastr hujjatini tayyorlash masalasida bo‘lgan.

Shu bois Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan mazkur qishloqlarning markazida joylashgan ovul fuqarolar yig‘ini imoratida qishloq ahli bilan olti marotaba uchrashuv tashkil etildi va davlat xizmatlariga oid 1000 dan ortiq huquqiy axborot beruvchi buklet tarqatildi.

Tadbir davomida tashkil etilgan uchrashuvlarda qishloq ahli tomonidan kadastr hujjatlari mavjud bo‘lmagan va turar-joyga nisbatan mulk huquqi e’tirof etish bo‘yicha bildirilgan 187 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi va arizalari qabul qilib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2018, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют