» » SpaceX superbakteriyani XKS bortiga olib chiqadi. Parvoz starti Toshkent vaqti bilan 20:01 ga belgilangan

SpaceX superbakteriyani XKS bortiga olib chiqadi. Parvoz starti Toshkent vaqti bilan 20:01 ga belgilangan


SpaceX kompaniyasining 18-fevral kuni parvoz qiladigan Dragon yuk kemasi antibiotiklarga qarshi tura oladigan Staphylococcus aureus superbakteriyasini Xalqaro kosmik stansiya (XKS)ga olib chiqadi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

XKS bortidagi tajribalar davomida olimlar mikrobning mutatsiyasini tadqiq etmoqchi. Taxminlarga ko‘ra, mikrogravitatsiya mazkur jarayonni tezlashtiradi — shu yo‘l bilan bakteriya Yerda qanday mutatsiya bo‘lishini kosmos sharoitida oldindan aytish mumkin bo‘ladi.

Dragon kemasini koinotga olib chiqadigan Falcon 9 raketa-tashuvchisining parvozi Toshkent vaqti bilan 20:01 ga belgilangan (start translyatsiyasini NASA saytida tomosha qilish mumkin). Kema XKSga jami 2,5 tonna yuk olib chiqadi. Parvozdan so‘ng SpaceX muhandislari raketaning birinchi bosqichini, undan takroran foydalanish maqsadida, qo‘ndirishga urinib ko‘radi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-02-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют