» » Qirg‘izistonda ShHT a’zo davlatlari Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Qirg‘izistonda ShHT a’zo davlatlari Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


20—24-avgust kunlari Cho‘lpon ota shahrida (Qirg‘iziston) Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zo davlatlari Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari 2018-yil 10-iyun kuni ShHT Sammiti doirasida ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi.

ShHT MKK yig‘ilishida ShHT a’zo davlatlari Hukumat rahbarlari (bosh vazirlar) kengashi yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish hamda tashkilot joriy kun tartibining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2018, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют