» » Surxondaryoning Uzun tumanida 3 ta yangi inshoot foydalanishga topshirildi

Surxondaryoning Uzun tumanida 3 ta yangi inshoot foydalanishga topshirildi


Surxondaryo viloyati Uzun tumanida mustaqillikning 27 yillik bayrami arafasida Fuqarolarning o?zini o?zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo?yicha tuman kengashining binosi, “Uzun Ravnaq Fayz” savdo majmuasi va tuman dehqon (oziq-ovqat) bozori foydalanishga topshirildi, deb yozadi O‘zA.

Fuqarolarning o?zini o?zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo?yicha Uzun tumani kengashining yangi binosida tumandagi 45 fuqarolar yig?ini faoliyatini muvofiqlashtirish uchun barcha imkoniyat mavjud. 700 million so?m mablag? sarflangan inshootda keng, shinam xonalar zamonaviy usulda jihozlanib, ishni samarali tashkil etish uchun zarur qulaylik yaratilgan.

Tumanda barpo etilgan “Uzun Ravnaq Fayz” savdo majmuasi kiyim-kechak va boshqa buyumlar savdo xizmatini ko?rsatishga ixtisoslashgan. Bu yerda sotuvchi va xaridorlar uchun zamonaviy qulayliklar yaratilib, 138 savdo shoxobchasi bunyod etildi. Turli sifatli va arzon buyumlar savdosi yo?lga qo?yilib, 450 yangi ish o?rni yaratildi.

Tuman dehqon (oziq-ovqat) bozorida go?sht, sut, tuxum va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilishga mo?ljallangan, xo?jalik mollari sotiladigan keng, yorug? va shinam maxsus pavilonlar qurilib, 596 savdo rastasi barpo etildi. Yangi bozorda qishloq xo?jaligi mahsulotlarini saqlash ombori, avtomobillar to?xtash joyi qurilib, toza ichimlik suvi bilan ta?minlandi. Yirik hajmdagi bu ishlarni bajarish uchun 7,5 milliard so?mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirilib, 750 ish o?rni tashkil etildi.

Viloyatda yangidan barpo etilgan, tubdan rekonstruksiya qilingan iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa soha obyektlarini foydalanishga topshirish davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2018, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют