» » Kasodga uchragan “UzDEU Avto-Ufa” rahbariyatining harakatlari qasddan bankrotlik sifatida baholandi

Kasodga uchragan “UzDEU Avto-Ufa” rahbariyatining harakatlari qasddan bankrotlik sifatida baholandi


Bankrotlikka uchragan “UzDEU Avto-Ufa” MChJ arbitraj boshqaruvchisi kompaniyaning sobiq rahbariyatini subsidiar javobgarlikka tortishni talab qildi. U uch kompaniya va 5 nafar menejer 778,2 million rubl to‘lashi kerak deb hisoblamoqda, deya xabar beradi “Realnoye vremya” nashri.

108 million rubl miqdoridagi qarzni undirish choralarini ko‘rmagan rahbariyat harakatlari qasddan bankrotlik sifatida baholandi. Shuningdek, bosh kompaniyalar “UzDEU Avto-Ufa” MChJni o‘zlaridan bozorbop bo‘lmagan avtomobillarni xarid qilish uchun kredit olishga majburlaganligi bildirilmoqda.

Boshqaruvchiga ko‘ra, 778,2 million rubl “Avtosanoat” AK, GM Uzbekistan va “Avtosanoat invest” MChJdan undirilishi lozim. Shuningdek, Yuriy Kan, Farhod Abdullayev, Qanot Xudoyberganov, Yorqin Shavkatov va Rustam Rahimjonov ham bankrotlikda aybdor hisoblanmoqda.

“UzDEU Avto-Ufa” MChJning bankrotlik jarayoni 2017-yil noyabrida boshlandi. Boshqirdiston arbitraji kompaniyani o‘sha yili noyabrida kasod deb topdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2018, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют