Qatardagi missiyani muvaffaqiyatli uddalagan “Bunyodkor” endi Saudiya missiyasi bilan uchib ketdi
20-fevral — dushanba kuni Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichi o‘yinlari start oladi. Seshanba kuni esa Toshkentning “Bunyodkor” klubi Saudiya Arabistonida “Al-Ahli” mehmoni bo‘ladi.
Bugun tongda “qaldirg‘ochlar” Saudiyaga jo‘nab ketdi. 21-fevral kuni Toshkent vaqti bilan 22:15 da Sergey Lushchan boshchilik qilayotgan klub Saudiya jamoasiga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.
“Bunyodkor” guruh bosqichi chiptasini 7-fevral kuni Qatarda bo‘lib o‘tgan pley-off o‘yinidan keyin qo‘lga kiritgandi. O‘shanda toshkentliklar Sardor Rashidov harakat qiladigan “Al-Jaish”ni penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lub etgandi.
Mavzuga oid: Sardor Rashidov: Lushchan intervyu berishdan oldin ichib olgan bo‘lsa kerak. Uni professional deb hisoblamayman
Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasida ishtirok etadigan O‘zbekiston chempioni “Lokomotiv” 20-fevral kuni Saudiyaning boshqa bir klubi “At-Tovun”ga qarshi o‘yinda maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:40 da start oladi.