» » Donald Tramp AQShning eng yirik OAVlarini xalq dushmanlari deb atadi

Donald Tramp AQShning eng yirik OAVlarini xalq dushmanlari deb atadi


AQSh prezidenti Donald Tramp The New York Times, NBC, ABC, CBS va CNN kabi mamlakatning eng yirik ommaviy axborot vositalarini Amerika xalqining dushmanlari deb atadi, deya xabar bermoqda Meduza. Trampning ta’kidlashicha, ularning bari soxta xabarlar tarqatadi.

The FAKE NEWS media (failing @nytimes, @NBCNews, @ABC, @CBS, @CNN) is not my enemy, it is the enemy of the American People!

— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) February 17, 2017

Donald Tramp prezident sifatida 16-fevral kuni o‘tkazgan birinchi matbuot anjumanida “soxta xabarlar” mavzusiga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, u OAVlarning maxsus xizmatdan sizib chiqqan ma’lumotlarni chop etishini tanqid qildi.

Shunday sizib chiqqan va OAVda shov-shuvga aylangan ma’lumotlardan biri AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Flinning iste’foga chiqishiga sababchi bo‘ldi. Jurnalistlar uning Rossiya elchisi bilan yaqin munosabatlarda bo‘lganidan xabar topdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-02-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют