» » Germaniyada o‘rmon yong‘inlari sababli yuzlab odamlar evakuatsiya qilindi

Germaniyada o‘rmon yong‘inlari sababli yuzlab odamlar evakuatsiya qilindi


Germaniyaning Berlin shahri yaqinida o‘rmon yong‘ini yuz bermoqda. Rasmiylar 500 nafardan ortiq mahalliy aholi vakilini evakuatsiya qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Yong‘in Berlinning janubi-g‘arbidagi o‘rmonli hududda yuzaga kelgan. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni yaqin atrofdagi qishloqqa tarqalmasligi uchun og‘ir texnikadan foydalanishga uringan.

O‘rmonda hali ham Ikkinchi jahon urushi davridagi o‘q-dorilar borligi ishlarni qiyinlashtirmoqda. Olov qo‘l granatasi yoki patronlarni portlatishi mumkin. Portlash holati kuzatilgani sababli o‘t o‘chiruvchilar ba’zi joylarga yetib bora olmaydi.

Ta’kidlanishicha, yong‘in o‘chog‘i poytaxtdan atigi 50 kilometr uzoqlikda joylashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2018, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют