» » Toshkentning “Lokomotiv” klubi Osiyo Chempionlar ligasi oldidan 15 yoshni qarshi oldi

Toshkentning “Lokomotiv” klubi Osiyo Chempionlar ligasi oldidan 15 yoshni qarshi oldi


Bugun — 18-fevral kuni Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi 15 yoshni qarshi oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Bugun sevimli jamoamiz ‘Lokomotiv’ 15 yoshda! Ushbu kichik yubiley yoshi bilan barcha muxlislarimizni tabriklaymiz!”, deb “temiryo‘lchilar”ning Twitter’dagi sahifasi ma’lumot qoldirgan.

O‘tgan vaqt ichida “Lokomotiv” bir marta mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi va ikki bor O‘zbekiston kubogida zafar quchdi. Shuningdek, bir marta Superkubokda tengsiz bo‘ldi. “Temiryo‘lchilar” bir bor chempionatning bronza medallari bilan taqdirlangan, uch bor kumush medalga ega chiqqan. Jamoaning Chempionlar ligasidagi eng yaxshi natijasi chorak final bosqichi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasining 2017-yilgi mavsumida “Lokomotiv” Amirliklarning “Al-Ahli”, Saudiyaning “At-Tavun” hamda Eronning “Istiqlol” klublari bilan bir guruhdan joy olgan.

Опубликовано: admin (18-02-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют