» » Astana Arlans – Uzbek Tigers 2:0. Rio–2016 sovrindori Murodjon Ahmadaliyev raqibidan bironta ham ochko ola bilmadi

Astana Arlans – Uzbek Tigers 2:0. Rio–2016 sovrindori Murodjon Ahmadaliyev raqibidan bironta ham ochko ola bilmadi


Jahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum “С” guruhi 2-turi doirasida Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi o‘z uyida O‘zbekiston bokschilaridan tashkil topgan Uzbek Tigers jamoasiga qarshi bahs olib bormoqda.

Navbatdagi bellashuv -60 kilogramm vazndagi bokschilar o‘rtasida o‘tkazildi. Unda Rio–2016 bronza medali sohibi Murodjon Ahmadaliyev Astana Arlans vakili Zokir Safiullinga qarshi bellashdi va kutilmaganda 0:3 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Avvalroq Abrorjon Qodirov raqibi Oljas Sattibayevga imkoniyatni boy bergani haqida xabar qilingandi. Astana Arlans hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.  Navbatdagi janglar quyidagi ko‘rinishni olgan:

-69 kilogramm: Aslanbek Shimbergenov — Shahram G‘iyosov;

-81 kilogramm: Nurdaulet Jarmanov — Bektemir Meliqo‘ziyev;

+91 kilogramm: Kamshibek Kunkabayev — Bahodir Jalolov.

Eslatib o‘tamiz, Uzbek Tigers WSB’ning 2017-yilgi mavsumini China Dragons’ga uchralgan mag‘lubiyat bilan boshlagan edi.  O‘zbekistonlik bokschilar navbatdagi – 3-turni 4-mart kuni Toshkentda, Rossiyaning Patriot Boxing Team bokschilariga qarshi bahs olib boradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-02-2017, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют