» » Astana Arlans – Uzbek Tigers 3:0. Rio–2016 sovrindori Shahram G‘iyosov ham O‘zbekiston jamoasini mag‘lubiyatdan qutqara olmadi

Astana Arlans – Uzbek Tigers 3:0. Rio–2016 sovrindori Shahram G‘iyosov ham O‘zbekiston jamoasini mag‘lubiyatdan qutqara olmadi


Jahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum “C” guruhi 2-turi doirasida Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi o‘z uyida O‘zbekiston bokschilaridan tashkil topgan Uzbek Tigers jamoasiga qarshi bahs olib bormoqda.

Jamoalar o‘rtasidagi uchinchi bellashuvda -69 kilogramm vazndagi bokschilar kuchi sinashdi. Unda Rio–2016 kumush medali sohibi Shahram G‘iyosov 1:2 hisobida Aslanbek Shimbergenovga imkoniyatni boy berdi.

Avvalroq Abrorjon Qodirov raqibi Oljas Sattibayevga (0:3), Murodjon Ahmadaliyev esa Zokir Safiullinga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

-81 kilogramm vazn toifasida Nurdaulet Jarmanov Bektemir Meliqo‘ziyevga, +91 kilogramm vaznda Kamshibek Kunkabayev esa Bahodir Jalolovga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak. Ammo mazkur janglar natijasidan qat’i nazar Astana Arlans hisobni 3:0 ko‘rinishiga yetkazib bo‘lgani uchun muddatidan avval g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, Uzbek Tigers WSB’ning 2017-yilgi mavsumini China Dragons’ga uchralgan mag‘lubiyat bilan boshlagan edi. O‘zbekistonlik bokschilar navbatdagi – 3-turni 4-mart kuni Toshkentda, Rossiyaning Patriot Boxing Team bokschilariga qarshi bahs olib boradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-02-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют