» » Uzbek Tigers WSB’ning VII mavsumida qatorasiga ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

Uzbek Tigers WSB’ning VII mavsumida qatorasiga ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi


Jahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum “C” guruhi 2-turida Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi o‘z uyida O‘zbekiston bokschilaridan tashkil topgan Uzbek Tigers jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Beshta jang natijasiga ko‘ra o‘zbekistonlik bokschilar 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Dastlab yengil – 52 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi bokschilar ringga ko‘tarildi. Unda Abrorjon Qodirov raqibi Oljas Sattibayevga 0:3 hisobida yutqazdi.

-60 kilogramm vaznda Rio—2016 bronza medali egasi Murodjon Ahmadaliyev Zokir Safiullinga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Jamoalar o‘rtasidagi uchinchi bellashuvda -69 kilogramm vazndagi bokschilar kuchi sinashdi. Unda Rio–2016 kumush medali sohibi Shahram G‘iyosov kutilmaganda 1:2 hisobida Aslanbek Shimbergenovga mag‘lub bo‘ldi.

Hech qanday ahamiyat kasb etmagan to‘rtinchi jang -81 kilogramm vazndagi Bektemir Meliqo‘ziyev va Nurdaulet Jarmanov o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston vakili 3:0 hisobida zafar quchdi.

Nihoyat, so‘nggi bellashuvda eng og‘ir – 91 kilogrammdan og‘ir bo‘lgan bokschilar ringga ko‘tarildi. Bahodir Jalolov raqibi Kamshibek Kunkabayev jang qildi va 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

-52 kilogramm: Oljas Sattibayev – Abrorjon Qodirov 3:0

-60 kilogramm: Zokir Safiullin — Murodjon Ahmadaliyev 3:0

-69 kilogramm: Aslanbek Shimbergenov — Shahram G‘iyosov 2:1

-81 kilogramm: Nurdaulet Jarmanov — Bektemir Meliqo‘ziyev 0:3

+91 kilogramm: Kamshibek Kunkabayev — Bahodir Jalolov 3:0

Ushbu guruhdan o‘rin olgan yana bir to‘qnashuvda Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasi irodali tarzda Xitoyning China Dragons bokschilari ustidan 4:1 hisobida zafar quchdi.

Eslatib o‘tamiz, Uzbek Tigers WSB’ning 2017-yilgi mavsumini China Dragons’ga uchralgan mag‘lubiyat bilan boshlagan edi. O‘zbekistonlik bokschilar navbatdagi – 3-turni 4-mart kuni Toshkentda, Rossiyaning Patriot Boxing Team bokschilariga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, Uzbek Tigers va Astana Arlans bokschilari bunga qadar ikki marotaba kuch sinashishgan. 2016-yili Toshkentda bo‘lgan bahsda Uzbek Tigers 4:1 hisobida zafar quchgan. Qozog‘istondagi bellashuv esa xuddi shu hisobda Astana Arlans g‘alaba qozongandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-02-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют