» » O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonga tabrik maktubi yo‘lladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonga tabrik maktubi yo‘lladi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston va Buyuk Brnitaniya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonga tabrik maktubini yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda. Quyida maktub matni bilan tanishishingiz mumkin.

Men Sizni muhim sana — O‘zbekiston Respublikasi va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan tabriklashdan bag‘oyat mamnunman.

O‘zbekiston Buyuk Britaniyani muhim xalqaro sherik hamda dunyoning ulkan siyosiy, iqtisodiy, texnologik va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan yetakchi va nufuzli mamlakatlaridan biri sifatida qabul qiladi.

O‘tgan davr mobaynida Sizning mamlakatingiz bilan o‘rnatilgan dinamik va teng huquqlilikka asoslangan munosabatlarni yuqori baholaymiz. Ushbu munosabatlar tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Ishonchimiz komilki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonga 40 dan ortiq Buyuk Britaniya delegatsiyalarining tashrif buyurishi ikki mamlakatning ham o‘zaro manfaatli va konstruktiv hamkorlikni yanada rivojlantirish tarafdori ekanligidan dalolat beradi.

Qayd etish lozimki, bugun mamlakatlarimiz o‘z yangi tarixida muhim ijtimoiy-siyosiy voqealarni boshdan kechirayotgan bir paytda O‘zbekistonda Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qilish istiqbollariga ishonch bilan qaraladi.

Mamlakatimiz uchun muhim bo‘lgan ushbu davrda Buyuk Britaniya hukumati va xalqining qo‘llab-quvvatlashini yuqori baholaymiz hamda Sizning o‘rinbosaringiz janob Alan Dunkanning O‘zbekistonga tashrifini ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash borasidagi Buyuk Britaniya samimiy qiziqishining tasdig‘i sifatida qaraymiz.

Biz o‘zaro tashriflar almashish amaliyotini davom ettirish, siyosiy muloqot, parlamentlararo hamkorlik, iqtisod va sanoat, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va san’at, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash sohalaridagi Buyuk Britaniya bilan sherikchilikni yanada izchil rivojlantirish tarafdorimiz.

Aminmanki, o‘zaro hurmat va tomonlar manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston-Buyuk Britaniya aloqalari mamlakatlarimiz farovonligi va manfaatlari yo‘lida bundan-buyon ham mustahkamlanadi.

Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak ehtiromimni qabul etgaysiz.

Samimiy hurmat bilan,
Abdulaziz Kamilov, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-02-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют