» » Samarqandda yil oxirigacha 12 ta mehmonxona ochiladi

Samarqandda yil oxirigacha 12 ta mehmonxona ochiladi


Samarqandda yil oxirigacha 12 ta mehmonxona qurib bitkaziladi. 2019 yil oktabrigacha yana 15 ta, 2020 yil martigacha esa yana 17 ta mehmonxonani foydalanishga topshirish ko?zda tutilgan, deya xabar bermoqda Spot.

O?zbekiston Prezidentining 2018-yil martida Samarqandga tashrifi chog?ida turistlar oqimining keskin ko?payishini inobatga olib, 2018—2019-yillarda 25 ta mehmonxona qurish bo?yicha topshiriq bergan.

Uning ijrosini o?z vaqtida ta?minlash maqsadida 44 ta loyiha takliflari shakllantirilgan. Bugungi kunda 28 ta loyiha bo?yicha amaliy ishlar boshlangan. Barcha loyihalar yakuniga yetkazilishi natijasida 7 mingdan ortiq turistga mehmonxona xizmati ko?rsatish imkoniyati yaratiladi.

Bundan tashqari, uy mehmonxonalarini tashkil etish bo?yicha 5 ta loyiha bo?yicha amaliy ishlar boshlangan. Hozirda shaharda 107 ta mehmonxona bo?lib, o?tgan olti oy ichida yana ikkita yangi mehmonxona o?z faoliyatini boshladi

Ma?lumotlarga ko?ra, 2018-yilning yanvar—iyun oylarida Samarqand viloyatiga 160 mingdan ortiq xorijiy va 1 millionga yaqin mahalliy sayyohlar tashrif buyurdi. Reja bo?yicha, bu yil viloyatga 350 ming xorijiy va 1,5 million mahalliy turistlarning Samarqandga sayohatini tashkillashtirish ko?zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2018, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют