» » Angliya kubogi. “Chelsi” keyingi bosqichda, “Lester”dan nabatdagi mag‘lubiyat, “Manchester Siti” quyi liga klubini mag‘lub eta olmadi

Angliya kubogi. “Chelsi” keyingi bosqichda, “Lester”dan nabatdagi mag‘lubiyat, “Manchester Siti” quyi liga klubini mag‘lub eta olmadi


Futbol bo‘yicha Angliya kubogining 1/8 final bosqichi doirasida 5 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, 4 uchrashuvda g‘olib aniqlangan bo‘lsa, 1 ta uchrashuv durang bilan nihoyasiga yetgani uchun qaytadan o‘tkaziladi.

Londonning “Chelsi” jamoasi “Vulverxempton” mehmoni bo‘lib, qiyinchiliksiz g‘alaba qozondi. Pedro va Diego Kosta tomonidan urilgan gollar londonliklarni keyingi bosqichga olib chiqdi.

“Manchester Siti” jamoasi quyi liga vakili “Haddersfild” klubi mehmoni bo‘lib, ortga g‘alaba bilan qayta bilmadi. Xosep Gvardiola shogirdlari endilikda bu jamoa bilan qaytadan o‘yin o‘tkazadi.

Amaldagi Angliya chempioni “Lester Siti” esa quyi liga vakili “Milluol” mehmoni bo‘lib alamli mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuv taqdirini o‘yinning 90-daqiqasida kiritilgan yagona gol hal qildi.

 

Angliya kubogi
1/8 final
18-yanvar, shanba

 

“Vulverxempton” — “Chelsi” 0:2

Gollar: Pedro, 65 (0:1). Diego Kosta, 89 (0:2)

“Milluol” — “Lester” 1:0

Gol: S.Cummings, 90 (1:0).

Chetlatish: J.Kuper, 67 (M).

“Byornli” — “Linkoln Siti” 0:1

Gol: S.Ragget, 89 (0:1).

“Midlsbro” — “Oksford Yunayted” 3:2

Gollar: G. Ledbitter, 26 (1:0). R. Gested, 34 (2:0). C. Maguair, 64 (2:1). A. Martines, 65 (2:2). K. Stuani, 86 (3:2).

“Haddersfild” — “Manchester Siti” 0:0

Bugun, 19-yanvar yakshanba kuni yana 2 ta o‘yin — “Blekbern” — “Manchester Yunayted” hamda “Fulxem” — “Totenxem” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-02-2017, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют