» » La Liga. “Real” dan g‘alaba, Kevin Gameyrodan 5 daqiqa ichida xet-trik, “Sevilya” esa 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

La Liga. “Real” dan g‘alaba, Kevin Gameyrodan 5 daqiqa ichida xet-trik, “Sevilya” esa 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi


18-fevral, shanba kuni Ispaniya La Ligasining 23-turidan o‘rin olgan 5 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Madridning “Real” jamoasi o‘z uyida Kataloniyaning “Espanyol” klubini qabul qilib, ikki to‘p farqi bilan g‘alaba qozondi. Madridliklar safida Alvaro Morata va uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng maydonga qaytgan Garet Beyl o‘z nomlarini tabloga yozdirib qo‘yishning uddasidan chiqdi.

Madridning yana bir jamoasi “Atletiko” esa “Sporting” mehmoni bo‘lib, yirik hisobdagi g‘alaba bilan ortga qaytdi. O‘yinda fransiyalik hujumchi Kevin Gameyro 5 daqiqa ichida 3 ta gol urib xet-trik qayd etdi.

“Real” hamda “Barselona”ni izma-iz ta’qib qilib kelayotgan “Sevilya” o‘z maydonida “Eybar”ni qabul qildi. O‘yinning har ikkala bo‘limida bittadan gol urgan Sampaoli shogirdlari g‘alabaga erishib, kamida bir kunga 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

“Real Madrid” — “Espanyol” 2:0
Gollar: Alvaro Morata, 33 (1:0). Garet Beyl, 83 (2:0).

“Sporting” — “Atletiko” 1:4
Gollar: Y.F. Karrasko, 46 (0:1). C. Alvares, 49 (1:1). Kevin Gameyro, 80 (1:2). Kevin Gameyro, 81 (1:3). Kevin Gameyro, 85 (1:4).

“Sevilya” — “Eybar” 2:0
Gollar: Pablo Sarabiya, 30 (1:0). Vitolo, 90+1 (2:0).

“Granada” — “Betis” 4:1
Gollar: M. Karsela-Gonsales, 18 (1:0). A. Ramos, 28 (2:0). A. Pereyra, 33 (3:0). A. Ramos, 64 (4:0). Petros, 75 (4:1)
Chetlatish: N. Leyva, 65 (B) A.Pereyra, 66 (G).

“Deportivo” — “Alaves” 0:1
Gol: M.Garsiya, 68 (0:1).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-02-2017, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 140) ( 0) ( 138) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют