» » Kongo Demokratik Respublikasida 25 nafar tinch aholi vakili jangarilar hujumi natijasida halok bo‘ldi

Kongo Demokratik Respublikasida 25 nafar tinch aholi vakili jangarilar hujumi natijasida halok bo‘ldi


Kongo Demokratik Respublikasi sharqida jangarilar hujumi natijasida kamida 25 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘ldi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Kaygala qishlog‘i va uning atroflarida jami 25 kishi ‘May-May Mazembe’ guruhi tomonidan o‘ldirildi”, — deya France Presse agentligiga ma’lum qildi Shimoliy Kivu provinsiyasi gubernatori.

Mansabdor ta’kidlashicha, marhumlarning barchasi xutu elatiga tegishli fuqaro shaxslar bo‘lgan.

Hujum sabablariga aniqlik kiritilmayapti.

“May-May Mazembe” guruhi nande elatidan iborat. Avvalroq guruh tarafdorlari mamlakat sharqidagi tinch aholi vakillariga hujumlar uyushtirganlikda gumon qilingan edi.

Опубликовано: admin (19-02-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют