» » AQSh Janubiy Xitoy dengiziga aviatashuvchi zarbdor guruhni ko‘chirib o‘tkazdi

AQSh Janubiy Xitoy dengiziga aviatashuvchi zarbdor guruhni ko‘chirib o‘tkazdi


AQSh Janubiy Xitoy dengiziga Carl Vinson avianosetsi va hamroh kemalarni yubordi, deya xabar bermoqda “TASS” Amerika harbiy-dengiz kuchlari matbuot xizmatiga tayanib.

Ushbu aviatashuvchi zarbdor guruh 18-fevral kuni Janubiy Xitoy dengizida an’anaviy operatsiyalarni boshladi, deyiladi xabarda. HDK matbuot xizmati bayonotida Janubiy Xitoy dengiziga yuborilgan kemalar sifatida faqat Carl Vinson va Wayne E. Meyer tilga olingan.

Hududga yetib kelguniga qadar, mazkur aviatashuvchi zarbdor guruh kemalari va samolyotlari harakatlar uyg‘unligini va jangovar shaylikni oshirish uchun “Gavayi va Guam orollari hududida” o‘quv mashqlarini olib borgan.

Aviatashuvchi zarbdor guruh qo‘mondoni kontr-admiral Jeyms Kilbi so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir necha hafta davomida olib borilgan ushbu mashg‘ulotlar uning samaradorligi va harbiy tayyorgarligini yaxshilagan. “Biz ushbu imkoniyatlarni namoyish etish bilan bir vaqtda Hind-Osiyo-Tinch okeani hududidagi ittifoqdoshlarimiz, sheriklarimiz va do‘stlarimiz bilan aloqalarimizni mustahkamlash niyatidamiz”, — deya ta’kidladi Kilbi.

Опубликовано: admin (19-02-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют