» » OAV: Kim Chon Namning taxminiy qotili Yaponiya TVsi shousida suratga tushishini aytgan

OAV: Kim Chon Namning taxminiy qotili Yaponiya TVsi shousida suratga tushishini aytgan


KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chon Namga nisbatan uyushtirilgani taxmin etilayotgan suiqasdda gumonlanayotgan Indoneziyaning 25 yoshli fuqarosi Siti Aysia o‘z oilasiga Yaponiya telekanali uchun ko‘ngilochar ko‘rsatuvni suratga olishda qatnashayotganini aytgan. Bu haqda ayolning opasiga tayanib, Mainichi gazetasi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Aysia Indoneziyaning Batam orolida ayollar ich kiyimlari do‘konida ishlagan va yanvar oxirida yaqinlariga ko‘ngilochar ko‘rsatuv ishtirokchisi sifatida vaqtinchalik ish topganligini ma’lum qilgan. “Ssenariy” bo‘yicha u qizil qalampirni olib, hazil obyektiga aylangan kishining yuziga surishi kerak bo‘lgan. Ammo “shou”ni ayol tomosha qila olmagan, chunki uni ko‘rsatuv faqat Yaponiyada efirga uzatilishiga ishontirishgan edi.

NTV telekanali xabariga ko‘ra, Aysianing oila a’zolari aytib berishicha, u avval ham bunday “hazil ko‘rsatuvlarda”da qatnashgan.

Kim Chon Namning o‘ldirib ketilishi haqidagi ish bo‘yicha to‘rt kishi hibsga olindi. Ular orasida Aysia va 29 yoshli vyetnamlik qiz hamda ulardan birining yaqin tanishi bor, ular jinoiy rejaning ijrochilari deya taxmin etilmoqda. 18-fevral, shanba kuni esa Shimoliy Koreya pasportiga ega 47 yoshli erkak qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi, uni Malayziya OAVlari qotillik tashkilotchilaridan biri deb atamoqda. Ayni paytda politsiya yana uch erkakni qidirishda davom etmoqda.

Опубликовано: admin (19-02-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют