» » OAV: Kim Chon Namni o‘ldirishda gumonlanuvchi kimyo sohasida ekspert bo‘lgan

OAV: Kim Chon Namni o‘ldirishda gumonlanuvchi kimyo sohasida ekspert bo‘lgan


KXDR yetakchisi Kim Chen Inning o‘gay akasi Kim Chon Namni o‘ldirishda gumon qilinib hibsga olingan Shimoliy Koreya fuqarosi kimyo sohasida ekspert bo‘lgan. Bu haqda 19-fevral, yakshanba kuni The Straits Times gazetasi ma’lum qilmoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Avvalroq Malayziya politsiyasi Kim Chon Namning o‘ldirilishi bo‘yicha to‘rtinchi gumonlanuvchini hibsga olgan edi. U 1970-yil 6-mayda tug‘ilgan KXDR fuqarosi Li Chon Chxol bo‘lib, chet ellik ishchilarga Malayziya hukumati tomonidan beriladigan hujjatlarga ega bo‘lgan.

Li Chon Chxol kuzatuv kameralaridan olingan xira suratlarda aks etgan to‘rtta erkakdan biri ekanligi taxmin qilinmoqda.

Nashrning ma’lum qilishicha, Pxenyanda dunyoga kelgan Li Chon Chxol 2000-yilda Shimoliy Koreyaning fan va tibbiyot sohasidagi universitetlaridan birini tamomlagan. U o‘n yilga yaqin, 2011-yilga qadar Kalkutta tadqiqot markazlaridan birida faoliyat olib borgan.

Shunga qaramasdan, aynan u Kim Chon Namni o‘ldirish uchun foydalanilgan suyuq zaharli moddani tayyorlagan deb xulosa qilishga erta. Chunki surishtiruv hali ham davom etmoqda.

Malayziya politsiyasi bungacha Vyetnam va indoneziyalik ikki ayolni ham Kim Chon Nam joniga qasd qilishda gumon qilib hibsga olgan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-02-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют