» » Telegraph Rossiyaning Chernogoriyada fitna uyushtirishga aloqadorligini ma’lum qildi

Telegraph Rossiyaning Chernogoriyada fitna uyushtirishga aloqadorligini ma’lum qildi


Buyuk Britaniya hukumatidagi anonim manba Chernogoriyaning sobiq bosh vaziri Milo Jukanovichga suiqasd qilish va mamlakatda davlat to‘ntarishini amalga oshirish rejasiga go‘yoki Rossiya maxsus xizmatlari aloqador ekanligini ta’kidlamoqda. Bu haqda Telegraph gazetasi ma’lum qilmoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Avvalroq Rossiya bu kabi taxminlarni rad etgan, Chernogoriya prokuraturasi esa Rossiya Federatsiyasi hukumatining ushbu hodisalarga aloqadorligi bo‘yicha dalillar mavjud emasligini ma’lum qilgan edi.

Telegraph’ning Britaniya hukumatidagi anonim manbasi ta’kidlashicha, Jukanovichga nisbatan suiqasd go‘yoki Rossiya razvedka xodimlari tomonidan tayyorlangan. Gazetaning ta’kidlashicha, bundan mamlakatning NATOga qo‘shilish rejasiga to‘sqinlik qilish maqsadi ko‘zlangan.

Telegraph fitna amalga oshirilishiga bir necha soat qolganda to‘xtatib qolinganligini eslatib o‘tadi. Maqola muallifining ma’lum qilishicha, AQSh va Buyuk Britaniya razvedka xizmatlari “Rossiya aralashuvi”ning dalillarini to‘plagan. Mazkur ishda go‘yoki shifrlangan qo‘ng‘iroqlar, elektron xatlar va ma’lumotga ega manbalarning ko‘rsatmalari mavjud.

Kreml Rossiya Federatsiyasining Jukanovichga suiqasd qilishga urinishga aloqadorligi haqidagi ma’lumotni to‘liq rad etdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-02-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют