» » APL. “Manchester Siti”da durang, “Arsenal” va “Liverpul”da g‘alaba, bugun “Chelsi” o‘ynaydi (video)

APL. “Manchester Siti”da durang, “Arsenal” va “Liverpul”da g‘alaba, bugun “Chelsi” o‘ynaydi (video)


Kecha, 25-avgust sanasida Angliya premyer-ligasining 3-tur bahslariga start berildi.

Turni “Vulverhempton” — “Manchester Siti” uchrashuvi ochib berdi. Bellashuv tomonlarning 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi. Gollar Boli hamda Lyaport tomonidan kiritildi.

Londonning “Arsenal” jamoasi esa ketma-ket ikki turdagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z maydonida “Vest Hem”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. “Arsenal”ning gollariga Nacho Monreal, Denni Uelbek, Diop (avtogol), “Vest Hem” goliga esa Marko Arnautovich mualliflik qildi.

2 turda bitta ham gol o‘tkazmasdan g‘alaba qozongan Yurgen Klopp boshchilgidagi “Liverpul” o‘z uyida o‘tgan turda “Manchester Yunayted”ni taslim etgan “Brayton”ga qarshi maydonga tushib, Muhammad Salohning 23-daqiqada kiritgan goli evaziga g‘alaba qozondi.

Turning markaziy o‘yini 27-avgust kuni “Manchester Yunayted” hamda “Tottenhem” jamoalari o‘rtasida kechadi.

Angliya premyer-ligasi

3-tur bellashuvlari

25-avgust, shanba

Gollar: 1:0—57 Boli, 1:1—69 Lyaport.

Gollar: 0:1—25 Arnautovich,1:1—30 Monreal, 2:1—70, avtogol Diop, 3:1—90 Uelbek.

Gollar: 0:1—56 Uolkott, 0:2—66 Kin, 1:2—75, penalti King, 2:2—79 Ake.

Gollar: 1:0—52 Bertran, 1:1—56 Gray, 1:2—90 Maguayr.

Gol: 1:0—23 Saloh.

26-avgust, yakshanba

27-avgust, dushanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2018, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют