» » A Seriya. “Yuventus”da g‘alaba, “Milan” 2 to‘p farqi bilan oldinda borib ham “Napoli”ga yutqazib qo‘ydi (video)

A Seriya. “Yuventus”da g‘alaba, “Milan” 2 to‘p farqi bilan oldinda borib ham “Napoli”ga yutqazib qo‘ydi (video)


Kecha, 25-avgust sanasida Italiya A Seriyasining 2-tur bahslari boshlandi.

Xususan, Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi “Yuventus” o‘z maydonida Rimning “Latsio” jamoasini qabul qildi. Bellashuvning 30-daqiqasida Miralem Pyanich mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 75-daqiqada Ronaldu bo‘sh qolgan darvozaga yo‘llay olmagan to‘pga, Mario Manjukich kuchli zarba berib, “Latsio” golkiperini ikkinchi marta gol o‘tkazishini ta’minladi.

Karlo Anchelotti boshchiligidagi “Napoli” esa “Milan” jamoasiga qarshi kurash olib bordi. “Karlo ota” sobiq jamaosi ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Avvaliga 15-daqida Jakomo Bonaventura hisobni ochdi, 49-daqiqada Davide Kalabriyaning goli sabab “Milan” 2 ta to‘p farqi bilan oldinga chiqib oldi. 53-daqiqada esa Pyotr Zelinski “Napoli”ning ilk javob golini kiritdi. 67-daqiqada uning o‘zi hisobni tenglashtirdi. 80-daqiqada esa Dris Mertens neapolliklarning g‘alaba qozonishini ta’minlagan golga mualliflik qildi.

Bugun tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

A Seriya

2-tur bellashuvlari

25-avgust, shanba

Gollar: 1:0—30 Pyanich, 2:0—75 Manjukich.

Gollar: 0:1—15 Bonaventura, 0:2—49 Kalabriya, 1:2—53 Zelinski, 2:2—67 Zelinski, 3:2—80 Mertens.

26-avgust, yakshanba

27-avgust, dushanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2018, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют