» » Toshkentda maktab direktori poraxo‘rlik uchun qo‘lga olindi: u bolani birinchi sinfga qabul qilish uchun pul talab qilgan

Toshkentda maktab direktori poraxo‘rlik uchun qo‘lga olindi: u bolani birinchi sinfga qabul qilish uchun pul talab qilgan


Toshkentning huquq-tartibot organlari xodimlari poytaxt maktablaridan birining direktorini qo‘lga oldi, deb yozadi “Podrobno.uz”. U pora olganlikda ayblanmoqda.

“24-avgust kuni Mirobod tumanida 500 ming so‘m miqdorida noqonuniy pul mukofotini olish chog‘ida ushbu tuman maktablaridan birining direktori Maxsuma N. jinoyat ustida qo‘lga tushirildi. Ushbu summani gumonlanuvchi bir bolani o‘z vakolati ostidagi o‘quv muassasasiga 1-sinfga qabul qilish uchun talab qilgan”, — deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.

Ushbu holat bo‘yicha Mirobod tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2018, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют