» » Tokio fuqarolari o‘tgan yili shahar ko‘chalarida topilgan 32,5 mln dollarni politsiyaga topshirdi

Tokio fuqarolari o‘tgan yili shahar ko‘chalarida topilgan 32,5 mln dollarni politsiyaga topshirdi


2016-yilda Tokio fuqarolari huquq-tartibot idoralariga megapolis ko‘chalarida topilgan 3,67 milliard iyenni (32,5 million dollar) topshirdi. Shahar politsiyasiga har kuni o‘rtacha 10 million yo‘qolgan iyen qaytariladi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

O‘tgan yili 1990-yilda qayd etilgan rekord (o‘shanda yaponiyaliklar politsiyaga 3,5 milliard iyenni topshirgan) ham yangilandi. Mazkur summadan 2,7 milliard iyen egalariga qaytarildi, bu ham 1999-yildan beri endi kuzatilgan rekord.

Tokioliklar nafaqat yo‘qolgan pullar, balki buyumlarni ham qaytaradi. Ularning soni 2016-yilda 3,8 millionni tashkil etdi, buning ichiga naqd pullar ham kiradi. Shaharliklar uy hayvonlari, jumladan, mushuk va qushlarni ko‘p yo‘qotadi, o‘tgan yili mingga yaqin shunday holat qayd etildi.

Yapon qonunlariga ko‘ra, mulk egasi uch oy davomida topilmasa, buyum uni topgan shaxsga beriladi. Agar u ham topilma yuzasidan murojaat qilmasa, naqd pul yoki buyumlar sotuvidan tushgan mablag‘ shahar g‘aznasiga o‘tkaziladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-02-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют