» » “Qarama-qarshi”: Bizga tungi klublar kerakmi? (video)

“Qarama-qarshi”: Bizga tungi klublar kerakmi? (video)


“O‘zbekiston 24” telekanalida “Qarama-qarshi” ko‘rsatuvi efirga uzatildi. Ko‘rsatuvda tungi klublar faoliyati tahlil qilindi. Ko‘rsatuv ishtirokchilari tomonidan tungi klublarda ro‘y berayotgan noxush holatlar, bunday muassasalarning soliqdan bo‘yin tovlayotgani, yoshlarning ma’naviyati va ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida so‘z yuritishgan.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi kameral-nazorat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Nuriddin Erkaboyevning aytishicha, tungi klublarning tushumi tahlil etilganda, amaldagisidan to‘rt barobar kamaytirib ko‘rsatilgani aniqlangan. Bu — katta miqdordagi soliqdan qochish demakdir.

Toshkent shahar prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi boshlig‘i Oybek Mannonov esa tergov jarayonida aniqlangan holatlar haqida so‘zlab bergan.

Ko‘rsatuvda huquqni himoya qilish organlari, sportchilar, mahalla faollari, mutaxassislar tomonidan tungi klublar faoliyati va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish haqida so‘z yuritilgan. Ishtirokchilar tungi klublar faoliyatini tartibga solish, yoshlarning madaniyatini yuksaltirish borasidagi taklif va mulohazalarni o‘rtaga tashlagan. Uni quyidagi video orqali o‘zingiz ham tomosha qilib, xulosa qilishingiz mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2018, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют